15-dekabrda O’zDJTU Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi Tillar kafedrasi tomonidan “Favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish va hududlar xavfsizligini ta’minlash” mavzusida ko‘rgazmali interfaol tadbir tashkillashtirildi.
FVV Akademiyasi Tillar kafedrasi katta oʻqituvchisi podpolkovnik M.Badalbayeva, polkovnik A.Tishabayev, podpolkovnik E.Ahmadaliyev, podpolkovnik T.Rajabov ishtirokida o’tgan dastur davomida O’zDJTU 1-bosqich talabalari uchun FVV Akademiyasi kursantlari tomonidan favqulodda vaziyatlar kelib chiqqan hollarda tabiiy va texnogen xarakterdagi xavf-xatarlarni bartaraf etish, talafotlar ko‘lamini kamaytirish, insonning ruhiy tushkunlikka tushib qolmasligini, bino va inshootlarda evakuatsiya harakati, yong‘inning oldini olish, yong‘in sodir bo‘lganda uni bartaraf etish, jabrlangan va shikastlanganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bo’yicha ma’lumot berildi.