Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan Adiblar xiyobonidagi Aleksandr Faynberg haykali atrofida sport tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.

Atoqli adiblarning haykallari poyida 2024-yil sentyabr-oktyabr oylarida oliy taʼlim muasssalari tomonidan ommaviy sport musobaqalari boʻyicha tadbirlarni tashkil etish reja-jadvaliga muvofiq.


18-oktyabr kuni Adiblar xiyobonidagi Aleksandr Faynberg haykali oldida Ingliz filologiyasi fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovini Sh.Eshto‘xtarov, tyutorlar hamda faol talabalar ishtirokida “Sport va salomatlik — orzu-umidlarimiz, kuch-qudratimiz manbai” shiori ostida ommaviy sport tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda oʻz irodasi, kuchi va imkoniyatlariga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuygʻularini kamol toptirish, shuningdek, talaba-yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube