16-mart kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti O’zbekiston ekologik partiyasi bilan hamkorlikda Zangiota tumanida joylashgan O’zbekiston Respublikasining birinchi bolalar xospisida bo’ldi. “Taskin” bolalar xospisida “Sahovat oyida murg’ak qalblar uchun yashil bog’” shiori ostida hayriya hashari o’tkazildi. Ushbu hayriya hasharidan ko’zlangan maqsad onkologik kasalliklarga chalingan va og’ir dard bilan kurashayotgan bolalar qalblariga taskin berish, bir oz bo’lsa-da quvonch ulashish, toza havodan nafas olishlari uchun qulay ekologik hudud yaratishdir. Loyiha doirasida xospis hududiga ko’chatlar ekildi va volontyor-talabalar tomonidan bolajonlarga sovg’alar va ko’tarinki kayfiyat ulashildi.
Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube