18-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ma'naviyat va ma'rifat markazida fakultеtlardagi "Talabalar tеatr studiyalari" tomonidan sahnalashtirilgan tеatrlar bo'yicha "Rеktor kubogi" musobaqasining yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi.

Tadbirda O’zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich ham qatnashib, bu kabi tanlovlar talabalarning iqtidorini namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat ekanligini ta'kidlab o'tdi. 

Musobaqada quyidagi fakultetlar jamoalari o’z iqtidorini namoyish etib, g’oliblikni qo’lga kiritdi:
1-o’rin — Roman-german filologiyasi fakultetining “Ko’zmunchoq” talabalar teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan “Usmon nosir” spektakli uchun;
2-o’rin — Rus filologiyasi fakultetining “Chimildiq” spektakli uchun;
3-o’rin — Ingliz tili birinchi fakultetining “Qatag’on” spektakli va Sharq filologiyasi fakultetining “Sharqona” teatr studiyasi taqdim etgan spektakl uchun. 

G’olib jamoalar maxsus diplom hamda 1-o’rin 9 million so’m, 2-o’rin 6 million so’m va 3-o’rin 3 million so’m miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi. 

Ta’kidlash joiz, tanlovda ishtirok etgan har bir fakultet jamoalari o'z rollarini mahorat bilan ijro etishdi hamda tomoshabinlar olqishlariga sazovor bo'lishdi.

2024-05-21 03-56

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi