O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasi” 247-sonli buyrug‘i hamda O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti rektorining 2024-yil 2-avgustdagi 306-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida iqtidorli talabalar bilan ishlash jarayonini yanada takomillashtirish, talabalar o‘rtasida iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni saralash va qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda tarjimonlik sohasida bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash borasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Olimpiadaning universitet bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Ushbu olimpiada tanlovi ham iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlashning yangicha tizimi va qo‘shimcha imkoniyatlari desak mubolag‘a bo‘lmaydi, albatta.

Universitet bosqichida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan talabalar tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etildi hamda yo‘llanma oldilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube