“MENING RAQAMLI HUQUQLARIM” MAVZUSIDA TADBIR O‘TKAZILDI

“MENING RAQAMLI HUQUQLARIM” MAVZUSIDA TADBIR O‘TKAZILDI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ingliz filologiyasi fakultetida talaba-yoshlarning raqamli huquq va erkinliklari borasidagi bilimlarini oshirish, ularning internet makonidagi huquq va majburiyatlari haqida tushunchalarini kengaytirish maqsadida “Mening raqamli huquqlarim” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Ingliz filologiyasi fakulteti dekani X. Xakimov, Uchtepa tumani IIO FMB XPB KPB inspektorlari I.B. Saidov hamda kapitan To‘rayev ishtirok etdi.

Muloqot davomida raqamli muhitda inson huquqlarini ta’minlash, internetdan foydalanishda huquq va majburiyatlar, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, shaxsiy daxlsizlik, axborotdan foydalanish huquqi kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, talabalarga ijtimoiy tarmoqlar va internet platformalaridan foydalanishda ehtiyotkorlik, shaxsiy ma’lumotlarni begona shaxslarga bermaslik, turli shubhali xabar va havolalarga ishonmaslik hamda raqamli huquqlar buzilgan holatlarda tegishli tartibda murojaat qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Raqamli huquqlarni bilish — zamonaviy axborot makonida o‘z huquqlarini anglash va himoya qilishning muhim shartidir.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube