Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz filologiyasi fakultetiga Ergasheva Guli Ismoil qizi dekan etib tayinlandi.

Guli Ergasheva 1980-yilda tugʻilgan. Dotsent.

U 2000-yilda Andijon davlat chet tillar pedagogika institutining bakalavr yo‘nalishini, 2002-yilda esa O‘zbekiston Milliy universitetining magistratura yo‘nalishini tamomlagan.

Guli Ergashevaning faoliyati:

- 2002-2005-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti aspiranti;

- 2006-2015-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti Ingliz tilshunosligi va tarjima nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi;

- 2015–2018-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti doktoranti;

- 2019–2020-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi dotsenti;

- 2021–2022-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tilini o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari kafedrasi professori;

- 2021-yildan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha dekan muovini bo'lgan. 

2023-09-20 05-30

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi