O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Sharq filologiyasi fakultetiga Jo‘rayev Dilshod Mamadiyorovich dekan etib tayinlandi.
Jo‘rayev Dilshod 1985-yilda tugʻilgan. Dotsent.
U 2010-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavr yo‘nalishini, 2012-yilda esa Xitoy Xalq Respublikasi Sin Jiang universitetining magistratura yo‘nalishini tamomlagan.
Dilshod Jo‘rayev:
➖2012-2016-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xitoy tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi;
➖2016-2017-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti ma`naviyat ishlari bo‘yicha dekan muovini;
➖2017–2019-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tayanch doktoranti;
➖2020–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti katta o‘qituvchi;
➖2021-yildan Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillari fakulteti dekani lavozimlarida ishlagan.