Ziyadullaev Ilxom Oblakulovich “Nemis filologiyasi” kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi
Ziyadullaev Ilxom Oblakulovich O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Nemis filologiyasi” kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetining “Nemis tili nazariy fanlari” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Ilxom Oblakulovich Ziyadullaev 1981-yil 16-oktabrda Jizzax viloyati, Baxmal tumanida tug‘ilgan.
2003-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavriat, 2005-yilda magistratura bosqichini tamomlagan.
Mutaxassisligi: lingvistika (nemis tili)
Ilmiy darajasi: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Chet tillari: nemis, rus va ingliz tillari.
Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘qituvchi, doktorant hamda kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Yangi lavozimida Ilxom Oblakulovich Ziyadullaevga muvaffaqiyat va samarali faoliyat tilaymiz!