Tayinlov

Tuxtayev Sirojiddin To‘shpulatovich “Iqtidorli talabalar” bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

Tuxtayev Sirojiddin To‘shpulatovich O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Iqtidorli talabalar” bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlovga qadar u Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Xorijiy filologiya fakulteti dekan o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Sirojiddin To‘shpulatovich 1989-yil 9-noyabrda Qashqadaryo viloyati, Muborak tumanida tug‘ilgan.

2013-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavriat, 2015-yilda magistratura bosqichini tamomlagan.

Mutaxassisligi: ona tili va adabiyoti, rus tili, lingvistika
Ilmiy darajasi: falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Mehnat faoliyati davomida umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Mirobod tumani Xalq ta’limi bo‘limida sho‘ba mudiri, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida pedagog-tarbiyachi, dekan o‘rinbosari hamda o‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Yangi lavozimdagi faoliyatida Sirojiddin To‘shpulatovichga muvaffaqiyat va samarali faoliyat tilaymiz!

MEHNAT FAOLIYATI

2015–2016-yillar — Uchtepa tumanidagi 78-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi.

2016–2018-yillar — Uchtepa tumanidagi 78-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

2018-yil — Mirobod tumani Xalq ta’limi bo‘limining o‘quv-ishlab chiqarish majmuasini tashkil etish va xizmat ko‘rsatish sho‘basi mudiri.

2019–2020-yillar — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti pedagog-tarbiyachisi.

2020–2023-yillar — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti dekan o‘rinbosari.

2023–2024-yillar — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti O‘quv-uslubiy boshqarmasi uslubchisi.

2024-yildan hozirgi vaqtga qadar — Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti dekan o‘rinbosari.

So`nggi yangiliklar

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube