Tayinlov

Xushvaqtova Xusnobod Soliyevna “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi

Xushvaqtova Xusnobod Soliyevna O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlovga qadar u O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Ekologiya va yashil resurslar” kafedrasida professor vazifasini bajaruvchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Xushvaqtova Xusnobod Soliyevna 1972-yil 22-aprelda Samarqand shahrida tug‘ilgan. 1993-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini, 2001-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha olim-agronom va huquqshunos.

U pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent ilmiy unvoniga ega. Rus va ingliz tillarini biladi.

Mehnat faoliyati davomida ilmiy-tadqiqot va pedagogik yo‘nalishlarda faoliyat yuritgan. 2012–2013-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tabiiy fanlar va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi mudiri, 2017–2023-yillarda esa “Ekologiya va yashil resurslar” kafedrasida professor vazifasini bajaruvchisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Yangi lavozimida Xushvaqtova Xusnobod Soliyevaga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube