11-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida tarix fanlari doktori, professor D. Babajanova hamda tyutor S. Boboqulova tashabbusi bilan FXIT-2504 va FXIT-2505 guruh talabalari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi talabalar ongida milliy merosga hurmat ruhini mustahkamlash, Termiziylar sulolasi tarixini chuqurroq anglashga ko‘maklashishdan iborat.
“Termiziylar — avlodimiz” shiori ostida o‘tkazilgan mazkur tadbir davomida talabalar Termiziylar avlodining ilm-fan, adabiyot, ma’rifat va diniy-ma’naviy hayotga qo‘shgan bebaho hissasi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Tadbir doirasida Termiziylar tarixiga oid turli ko‘rgazmali materiallar, zamonaviy yondashuv asosida tayyorlangan taqdimotlar namoyish etildi. Ushbu taqdimotlarda Termiziylar sulolasining kelib chiqishi, ularning jahon tamaddunidagi o‘rni, shuningdek, ular yaratgan ilmiy merosning bugungi kundagi ahamiyati yoritib berildi.