2-3 –may kunlari Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boʻlib oʻtdi.
Davlatimiz rahbari forum ishtirokchilarini samimiy qutlab, yildan-yilga yaxshi anʼanaga aylanib borayotgan ushbu format doirasida yurtimizda dunyoning barcha qitʼalaridan yangidan-yangi ishonchli hamkorlar jam boʻlayotganini taʼkidladi. Tadbirda 93 ta davlatdan ikki yarim mingdan ortiq xorijiy mehmonlar ishtirok etdi. Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida Ilmiy- innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimi bilan hamkorlikda OʻzDJTU Ingliz tili 3-fakulteti qoshida tashkil etilgan ʼʼInterpreters unionʼʼ aʼzolari oʻzlarining tarjimonlik faoliyatlarini boshladilar.