21-oktabr kuni OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi ustozlari hamda tyutorlar hamkorligida trening mashg'uloti tashkil etildi.
Jahon ruhiy salomatlik kuni munosabati bilan tashkil etilgan trening mashg‘ulotida universitet psixologi Z.Xayrullayeva hamda fakultet birinchi bosqich talabalari ishtirok etdi.
Trening davomida “Salomimni yoʻllayman”, “Avtobus” “Rangli qoʻllar”, “ Psixogimnastik mashq”, “Joy almashish” o'yinlaridan keng foydalanildi.
Dastur so‘ngida talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, psixolog tomonidan ko‘tarinki kayfiyat ulashilgani, shuningdek, oʻqishga yana-da koʻp qiziqish hamda motivatsiya olganliklari haqida e’tirof etishdi.
Tadbirni tashkil qilishdan maqsad talaba-yoshlarning ruhiy salomatligi va barkamolligini kuchaytirishdan iborat.