9-oktabr kuni O'zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tilini o’qitish metodikasi №3 kafedrasi o’qituvchilari N.A. Sultonova va Sh.B. Samanova 2-sonli TTJ ga tashrif buyurdi.
Dastur davomida mas'ullar tomonidan talabalar yashash sharoitlari bilan tanishilib, “Erta oila qurishning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etishdi.
Davra suhbatining asosiy maqsadi talaba qizlarga oila tushunchasining mohiyati, oila jamiyatning bir bo'g'ini, insonlarning huquqiy, iqtisodiy va ma’naviy munosabatlariga asoslanib tashkil etiladigan tarbiya o'chog'i ekanligi to'g'risida tushuncha berish, ruhan va jismonan sog'lom avlodlar davomiyligini ta’minlash davlat siyosati darajasigacha ko'tarilishining sabablari, zamonlar osha avloddan avlodga o'tib kelayotgan muqaddas urf-odatlarimizni asrab-avaylash zaruriyatini anglab yetishlariga ko'maklashishdan iborat bo'ldi.
Xususan, erta turmush qurish va uning salbiy oqibatlari, buning natijasida yuzaga kelayotgan turli muammolar haqida ma’lumot berildi. Erta oila qurish yoshlarning o'z tengdoshlari kabi hayot go'zalliklaridan to'liq bahramand bo'lib yashay olmasliklari, o'smir yoshlarda oila mas’uliyatini hali to'liq anglamay turib, muammolar qarshisida qolishlari natijasida xarakter xususiyatlarida turli psixologik muammolar kuzatilishi, voyaga yetmagan qizlarda homiladorlik davrining og'ir o'tishi, dunyo bo'yicha yosh onalar o'limi soni ortib borayotganligi aniq fakt va statistik ma’lumotlar asosida izohlab o'tildi.
Davra suhbatidan talaba qizlar o'zlariga kerakli ma’lumot va hulosalarga ega bo'lishdi.