OʻzDJTU rektori I. Tuxtasinov, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A. Shin oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida tomonlar maktabgacha taʼlim tashkilotlarida fransuz tilini oʻqitish sohasida hamkorlik qilish masalalarini koʻrib chiqdilar.

Xususan, Toshkent shahrida joylashgan bir nechta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pilot loyiha sifatida bolalarni fransuz tiliga oʻqitishni yoʻlga qoʻyish, fransuz tilini oʻqitish metodikasi sohasida izlanishlar olib borish va ikki muassasa ilmiy yoʻnalishlariga oid seminar va anjumanlarni qoʻllab-quvvatlash, birgalikda darslik va oʻquv qoʻllanmalar yaratish kabi yoʻnalishlarda hamkorlik qilishga kelishib olindi. Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi maktabgacha taʼlim agentligi va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻrtasida taʼlimga oid hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube