O’zDJTU rektori I.Tuxtasinovning 17-fevraldagi navbatdagi uchrashuvi Xitoyning Liadong va Shenyang universitetlariga almashinuv dasturi doirasida 6 oy muddatga yuborilayotgan talabalar bilan bo'ldi.
Rektor talabalarni tabriklash bilan birga taqdim etilgan imkoniyatdan unumli foydalanishlari, O'zbekiston va universitetimiz sha'nini munosib namoyish etish maqsadida bilim olishlari hamda turli madaniy tadbirlarda faol ishtirok etishlari borasida ko'rsatma va tavsiyalar berdi.
Shuningdek, talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.