2-oktabr kuni O‘zDJTUda Koreyaning Keimyung universiteti prorektori Kim Son Jung xonim, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Yu Mun-Ki va ushbu bo‘lim koordinatori Yu Mon-Shiklar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.



Muloqot chog‘ida tomonlar talaba, o‘qituvchi va ilmiy tadqiqotchilar almashinuvi dasturlarini amalga oshirish, O‘zDJTU qoshida Qirol Sejong markazini tashkil qilish, hamkorlikda 2+2 formatida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, Keymyung universitetining e-school elektron ta’lim platformasidan foydalanish masalalarini muhokama qildilar.

Xususan, Keymyung universiteti e-school elektron ta’lim platformasidan koreys tilini o‘rganishda bepul foydalanish, koreys tili darajasini aniqlash bo‘yicha Sejong instituti sertifikatlarini joriy qilish, qo‘shma ta’lim dasturlari talabalari uchun yillik 5 000 AQSH dollari miqdoridagi kontrakt to‘lovi bo‘yicha 3-bosqichdan boshlab TOPIC 3 darajasiga ega talabalarga 50%, TOPIC 4 darajasiga ega talabalarga 70 foiz chegirma berish va TOPIC 5 darajasiga ega talabalarga bepul o‘qish imkonini yaratishga tayyorligini ma’lum qildi.

Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov qo‘shma ta’lim dasturlarini “Koreys tili+Ta’lim menejmenti”, “Koreystili+Pedagogik psixologiya” va “Koreys tili+Kompyuterlingvistikasi” bakalavr ta’lim yo‘nalishlaridan boshlash mumkinligini ma’lum qildi.



Shuningdek, ushbu dasturlarni amalga oshirish uchun alohida shartnoma imzolash hamda o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish lozimligini ta’kidladi. Barcha masalalar bo‘yicha Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev bilan aloqada bo‘lishlarini aytib o‘tdi.

Koreys tomoni muhokama qilingan masalalarni batafsil o‘rganish hamda hujjatlarni imzolash maqsadida O‘zDJTU rahbariyati va mutaxassislarini Keymyung universitetiga taklif qildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube