18-oktabr kuni O‘zDJTUda Toshkent shahar prokuraturasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbar va xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev, Toshkent shahar Uchtepa tumani Ichki Ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Abdurashid Ochilov, Toshkent shahar Uchtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari mayor Zafar Zufarov, Uchtepa tumani Prokuraturasi mas’ul xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad huquqbuzarlik, jinoyatchilik, giyohvandlikni, hamda pirotexnika vositalaridan noqonuniy foydalanishni oldini olish, favqulodda vaziyatlar hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralarini kuchaytirish giyohvandlikka qarshi kurash choralarini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish va ularni sog‘lom muhitda tarbiyalash, shuningdek is gazi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berib o‘tildi.