20- yanvar kuni O‘ZDJTU rektori I.Tuxtasinov va universitet xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori A.Nasirovlar Buyuk Britaniyadan Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasiga o‘qituvchi lavozimiga qabul qilingan Richard Gudal bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida rektor xorijlik mutaxassisga universitetda oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, xususan universitetning ko‘plab nufuzli  xorijiy ta’lim muassasalari bilan amalga oshirilayotgan qo‘shma loyiha va dasturlar bilan tanishtirdi.

O‘z o‘rnida xorijlik mutaxassis O‘zbekistonda, xususan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida xorijiy tillarni o‘qitish va o‘rganish uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarni yuqori baholadi.

Universitet rektori  mutaxassisning ko‘p yillik IELTS eksperti ekanligini hisobga olib unga o‘z faoliyati davomida universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan o‘zining xorijiy tajribasi bilan bo‘lishishi haqida tavsiya berib faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube