UNESA delegatsiyasiyasining Summer School" dasturi doirasidagi o‘quv-amaliy seminari

UNESA delegatsiyasiyasining Summer School" dasturi doirasidagi o‘quv-amaliy seminari

2-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilgan "Summer School" dasturi doirasida O‘zDJTUga tashrif buyurgan Indoneziyaning Surabaya davlat universiteti (UNESA) delegatsiyasi uchun O‘zDJTU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
 


Delegatsiya a’zolariga markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimi hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Seminar davomida innovatsion pedagogik yondashuvlar, raqamli ta’lim vositalaridan samarali foydalanish, malaka oshirish dasturlarining mazmuni hamda xalqaro hamkorlik asosida amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

UNESA delegatsiyasi vakillari seminarni yuqori baholab, O‘zbekiston va Indoneziya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida pedagogik ta’lim, malaka oshirish, akademik almashinuv hamda ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladilar.

 

 


Mazkur seminar Summer School dasturining muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, ikki universitet o‘rtasida tajriba almashish, ilg‘or ta’lim amaliyotlarini o‘rganish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni rivojlantirishga xizmat qildi. Ma'lumot oʻrnida ushbu Summer School 1 hafta davom etib, delegatsiyaga bundanda manfaatli va foydali seminarlarni taqdim etib boradi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube