“Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovi: sport bahslari o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan “Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovining sport bo‘yicha bahslari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

 

 

Musobaqa doirasida ishtirokchilar jismoniy tayyorgarlik, tezkorlik, chaqqonlik, kuch va chidamlilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Sport shartlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha baholandi:
 • 100 metrga yugurish – belgilangan masofani maksimal tezlikda bosib o‘tish;
 • Arqonda sakrash – maksimal balni qayd etish;
 • Basketbol savatiga to‘p tashlash – vaqt ichida aniqlik va tezlik bilan to‘p tashlash;
 • Uzunlikka sakrash – maksimal masofaga sakrash.

Har bir sport yo‘nalishi hakamlar hay’ati tomonidan baholandi va natijalar umumiy ballar tizimida hisobga olindi.

Musobaqa jarayonida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilindi, tibbiy xodimlar navbatchilikda bo‘ldi.

 

 

Bugungi sport bellashuvi talabalarning sog‘lom raqobat, jismoniy faollik va sport mahoratini rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi. Natijalar asosida eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar keyingi bosqichga – universitet final bosqichiga tavsiya etiladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube