“Vazir kubogi” arafasida tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2026-yil 7–9-aprel kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” respublika bosqichi musobaqalari oldidan tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda.
Tadbir doirasida oliy ta’lim muassasalari vakillari bosqichma-bosqich yetib kelmoqda. Jumladan, Buxoro davlat universiteti, Buxoro davlat pedagogika instituti hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talaba-qizlar jamoalari O‘zDJTU mas’ullari tomonidan kutib olinib, universitetning 6-sonli talabalar turar joyiga joylashtirildi.