Rossiyaning Tyumen davlat universiteti Mintaqaviy xalqaro hamkorlik instituti direktori, professor Telegina Galina Valentinovna O‘zDJTUga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida oliygoh rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda mehmon bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda, shuningdek, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor O.Yusupov, Xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektor A.Nasirov, Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi mudiri M.Galiyeva ishtirok etdi.

Dastur davomida OʻzDJTU hamda TDU o‘rtasida fan, ta’lim, ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda hamkorlikda qator loyihalarda ishtirok etish, anjumanlar, seminar-treninglar tashkil qilish, professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan kelgusida tuziladigan hamkorlik shartnomasi muhokama qilindi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube