Shu kunlarda OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Amrullo Karimov, fakultetning Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik taʼminoti kafedrasi mudiri Dilfuza Teshaboyeva, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Otabek Ibragimovlardan iborat delegatsiya Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh shahrida xizmat safarida boʻlib turibdi.
31-may kuni mazkur delegatsiya aʼzolari Oʻsh davlat universitetining 85 yilligiga bagʻishlangan “Biznes, taʼlim, fan va davlat hakoriyatlari: hududlarning imkoniyatlari va rivojlanish yoʻllari” xalqaro forumida ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbirda Qirgʻiziston Bosh vaziri Oqilbek Japarov, Xitoyning Qirgʻizistondagi elchisi Du Dyuen, Qirgʻiziston taʼlim va fan vaziri Dogdurkul Kendirboyeva, TURKSOY Bosh kotibi Raev Sulton va boshqa mehmonlar ham ishtirok etdi.
OʻzDJTU nomidan forumga tashrif buyurgan delegatsiya aʼzolari mazkur nufuzli tantana bilan barcha yigʻilganlarni muborakbod etdi va Oʻsh Davlat universiteti rektori, professor Xudoyberdi Kojobekov bilan uchrashib, OʻzDJTU nomidan esdalik sovgʻalarini topshirdi.
Maʼlumot uchun: Oʻsh Davlat universitetida 5 ta gimnaziya, 6 ta kollej, 15 ta fakultetdan tarkib topgan. Universitetda 27 ta taʼlim binosi, 10 ta talabalar yotoqxonasi, 18 ta sport kompleksi mavjud. Hozirda universitetda 13522 ta xorijlik talalabalar, 2172 ta magistrlar, 264 ta aspirant, 629 ta ordinatorlar, 1072 ta gimnaziya oʻquvchilari, 14582 ta kollej oʻquvchilari va 49588 ta talaba tahsil oladi.