29-avgust kuni O'zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov Malayziyaning Sultan Idris ta'lim universiteti (UPSI) delegatsiyasini qabul qildi.
Muloqot chog'ida tomonlar hamkorlik aloqalarining ko'lami va yo'nalishlarini kengaytirish, universitetda malay tili o'qitilishini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
UPSI Xalqaro hamkorlik va mobillik markazi direktori Ramli Ismail joriy yilning oktyabr oyida Malayziya Oliy ta'lim vaziri rahbarligidagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari O'zbekistonga tashrif buyurishi hamda ta'lim, fan va madaniyat sohalaridagi aloqalarni mustahkamlash ishlarini jadallashtirish borasida muzokaralar bo'lib o'tishini ma'lum qildi. Shuningdek, O'zbekistonda bo'lish davomida vazirning O'zDJTUga tashrifini tashkil qilishda amaliy yordam berishini so'radi.
Tomonlar kelgusidagi rejalar haqida o'zaro fikr almashdilar. Ilxomjon Madaminovich universitetimiz Malayziya OTMlari, xususan, UPSI bilan hamkorlikka doim ochiqligini ta'kidladi.