8-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mohamed Irki, ta’lim masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nabila Gazli xonim va tarjimon Madamin Razzoqov tashrif buyurdi. Tashrifdan asosiy maqsad – o‘zaro tanishuv va hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish bo‘ldi.

O‘zDJTU rektori I.Tuxtasinov universitet faoliyati, talabalar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, universitetda arab tilining o‘qitilishi hamda xalqaro hamkorlik aloqalari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Mohamed Irki janoblari Jazoir va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinayotganligini ma’lum qildi. Suhbat chog‘ida tomonlar ta’lim sohasida hamkorlikni amalga oshirish mumkinligini e’tirof etdilar.

Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar universitet infratuzilmasi bilan tanishdilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube