Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yiI 20 sentyabrdagi 03-RA 211-2654/37-son topshirig‘iga hamda Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 10-oktabrdagi 685-F-son Farmoyishiga muvofiq, O‘zbekistonda Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida joriy yil 21-26-oktabr kunlari "Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya qilish, ta’lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida" mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.
23-oktabr kuni Xorijiy davlatlardan konferensiyada ishtirok etish uchun tashrif buyurgan delegatsiya “Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya qilish, ta’lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida” mavzusida xalqaro konferensiyasining rasmiy ochilishi va yalpi majlisida ishtirok etgach, oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan uchrashuvlarda ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi tomonidan tashkil etilgan hamkorlik haftaligi tashabbuslar doirasida Yangi O‘zbekistonni ta’lim tizimini transformatsiya qilish sifatli ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha tashkil etilgan tadbirga O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining hamkor Jazoir-2 universiteti rektori Said Raxmani hamda Korkit ota nomidagi Qizilo‘rda universiteti prorektori Buribayeva Maynura Abiltayevna ham taklif etilgan. kunning ikkinchi yarmida mazkur universitet rektor hamda prorektorlari bilan O‘zDJTU uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvlardan asosiy maqsad O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab- quvvatlash, ilmiy salohiyatni yanada yangi bosqichga olib chiqish, ikki davlat o‘rtasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikdagi seminar treninglar tashkil etish, qisqa muddatli amaliyotlarni yo‘lga qo‘yish, xalqaro hamkorlik doirasida loyihalarni amalga oshirish hamda Scopus yoki Times Higher Education kabi jurnallarda universitet professor-o‘qituvchilarining maqollarlarini chop etish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirish bo‘ldi.