O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti italyan tili yo‘nalishida tahsil oluvchi 10 nafar talaba qizlar Italiyaning Insubria universitetiga 6 oy davomida grant asosida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi hamda Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Baxora Ergashova hamrohligida Italiyaga yetib borishdi.
Talabalar 3-fevral sanasidan mazkur oliygohda o‘qishni boshlashdi. Ular o‘qishning ilk kunlaridanoq o‘zlarining bilim va salohiyatlarini namoyish eta boshlashdi.
Qolaversa, Italiya shaharlari bo‘ylab milliy liboslarimizni ham namoyish etishdi.