22-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi va Argentinaning Mar de Plata Milliy universiteti Psixologiya fakulteti dekani Juan Bablo Issel o’rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Dasturda O‘zDJTU Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev hamda Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri I. Turamuratova ishtirok etdi.
Suhbat davomida bir qator masalalar muhokama qilindi, jumladan:
-Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, seminar va vebinarlar tashkil qilish;
-O`zDJTUda pedagogik psixologiya bo‘yicha fanlardan masofaviy darslarni yo‘lga qo‘yish;
-Ilmiy tadqiqotlar olib borish va amaliyotga joriy etish.
Uchrashuv iliq va samimiy muhitda o‘tib, tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollariga oid muhim takliflarni ilgari surdilar.