Central Asia – 2024”: “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII Xalqaro Konferensiyasi.

15-maydan boshlab axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari va kutubxonalar, nashriyotlar, arxivlar, muzeylar rahbarlari va mutaxassislari, olimlar, ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, AKT mutaxassislari, jamoat arboblari, vazirlik va idoralar vakillari ishtirokidagi "Central Asia"–2024 Xalqaro konferensiyasiga start berildi.

Jizzax shahrida o‘tkazilayotgan navbatdagi "Central Asia – 2024" Fan ta’lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot kutubxona resurslari XYII Xalqaro konferensiyasida O’zDJTU Axborot-resurs markazi direktori Kayumova Saida Irgashevna ishtirok etmoqda. 

Konferensiya davomida kutubxona axborot resurslarini targ‘ib etish, xorijiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanishning samarali usullari, kitobxon madaniyatini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashilmoqda.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube