23-noyabr kuni OʻzDJTU Rus filologiyasi fakulteti Zamonaviy rus tili kafedrasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
“Til nazariyasi, lingvodidaktika va metodologiyasining dolzarb muammolari” mavzusida boʻlib oʻtgan anjuman akademik V.V.Reshetov xotirasiga bagʻishlandi.
Dasturni Rus filologiyasi fakulteti dekani Azizxon Raxmonov ochib berdi. Shuningdek, Zamonaviy rus tili kafedrasi mudiri Nadejda Shakurbanova tomonidan anjuman haqida ma’lumot berilib, ishtirokchilarga iliq tilaklar bildirildi.
Konferensiya avvalida qator ma’ruzalar tinglandi. Soʻng bildirilgan fikrlar muhokama qilindi. Dasturlar davomida ishtirokchilar uchun kofe-breyk tanaffuslari ham tashkillashtirildi.
Yakunda davra suhbati qurilib, oʻzaro fikr almashildi. Konferensiya barchaga manfaatli va zarur bilim-koʻnikmalarga boy oʻtdi.