Joriy yilning 9 -fevral sanasida Sharq filologiyasi fakulteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi P.Azimova tashabbusi bilan tyutor Z.Ibrohimova hamda Axborot resurs markazi direktor o'rinbosari M.Muhmedjonova ishtiroklarida fakultet axborot resurs markazida 11-fevral "Xalqaro xotin-qizlar ilm-fan kuni"ga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbir mehmoni sifatida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yapon filologiyasi kafedrasi hamda Xitoy filologiyasi kafedrasi Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktorlari, yosh olimalar, Dilafruz Abduhamidova hamda Noiba Valiyevalar taklif qilindi.

Yosh olimalarimiz o'zlarining tadqiqot ishlari yuzasidan Yapon tilida qarindosh-urug'chilik bilan bog'liq birliklarda "Uy" konsepti mavzusi hamda Xitoy tilida frazeologik birliklarda "Baxt" konsepti mavzulari boʻyicha ma'lumotlar berdilar.

Shuningdek, kelgusida oʻqituvchilar uchun hamkorlikda ilmiy seminarlar tashkil etish rejalari tuzildi.

 

2024-02-12 03-42

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi