“Xalqaro Yer kuni” munosabati bilan maketlar ko‘rgazmasi tashkil etildi

22-aprel 2025-yil sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakultetida “Xalqaro Yer kuni” munosabati bilan o‘zgacha ijodiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tashabbus fakultet dekani Guli Ergasheva hamda Ingliz tili amaliy fanlar N1 kafedrasi katta o‘qituvchisi D. Muhitdinov tomonidan ilgari surilib, tadbir Amaliy fanlar 1 kafedrasi tomonidan tashkil etildi.

Tadbir doirasida 1-bosqich talabalari “Nutq ko‘nikmalari integratsiyasi” fanidan mustaqil ta’lim soatlariga asoslangan holda “City and Country Life” mavzusida tayyorlagan maketlarini namoyish etdilar.

Ushbu ijodiy ishlar orqali:
• Ekologik madaniyatni shakllantirish
• Tabiatni asrash
• Yashil makonlar yaratish hamda ularning milliy qadriyatlarimizdagi o‘rni keng yoritildi.

    

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube