“Xalqaro yil talabasi” loyihasi doirasida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

10-yanvar kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Xalqaro yil talabasi” loyihasi doirasida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, yoshlar bilan bog‘liq xalqaro reytinglarda mamlakatimiz nufuzini oshirishga qaratildi.

Taqdirlash marosimida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent shahridagi Prezident maktabi, Nurafshon shahridagi Prezident maktabi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabdan tashrif buyurgan 50 nafardan talaba-yoshlar faol ishtirok etdi.

Tadbir davomida yoshlarning xalqaro ta’lim maydonidagi faolligi va yutuqlari e’tirof etilib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligi alohida ta’kidlandi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube