O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, arab) fan olimpiadasi” 247-sonli buyrug‘i hamda O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti rektorining 2024-yil 2-avgustdagi 306-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 12-sentabr kuni O‘zDJTUda xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, arab) fan olimpiadasi xorijiy tillar bo‘yicha fan olimpiadasining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Iqtidorli talabalar bilan ishlash jarayonini yanada takomillashtirish, talabalar o‘rtasida iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni saralash va qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda tarjimonlik sohasida bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan olimpiadada universitetning barcha fakultetlaridan saralangan talabalar xorijiy til bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Natijalarni tez orada bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali bilib olishingiz mumkin bo‘ladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube