8-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 11-fevral – Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar xalqaro kuni munosabati bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida “Xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligi millat kelajagini belgilaydi” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda ma’ruzachilar tomonidan xotin-qizlarga munosabat masalasidagi davlat siyosatining mazmun-mohiyati, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslari, ilm-fan sohasida gender tenglik, qizlarning ta’lim olishi uchun yaratilayotgan imtiyozlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir so‘ngida talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha murojaat qilib, mutaxassis javobini oldilar.
Tadbir universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Djurayeva va Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari mas’ulligida tashkil etildi.