2024-yil 29-iyun kuni soat 07:00 da "Yangi O'zbekiston" bogʻida "Yangi nafas" ommaviy yugurish musobaqasi bo'lib o'tdi.
Unda O'zDJTU dan 50 nafarga yaqin talabalar musobaqada ishtirok etish uchun tavsiya etildi.Musobaqa O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashining 2024-yil 21-iyundagi 18-sonli xatiga asosan tashkil etildi.
Universitet sha'nini himoya qilgan talabalarimiz yakunda sovrinli natijalarni qo'lga kiritdi.Ularga kelgusi musobaqalarda ham omad yor bo'lishini tilaymiz!