11-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Diniy bag‘rikenglik va Islom dinining mohiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sa’diyev ochib berib, diniy bag‘rikenglikning jamiyatdagi o‘rni va yoshlarning ma’naviy tarbiyasida uning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mutaxassislari Zulhaydar Sultonov va Jamshid Aliyev ishtirok etib, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun diniy bag‘rikenglik, Islom dinining asl mohiyati, diniy qadriyatlarning jamiyatdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Tadbir davomida turli diniy oqimlar, ularning jamiyatga ta’siri, ekstremizm va radikalizm xavflari hamda diniy madaniyatni oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.
Tadbir so‘ngida mehmonlarga ishtiroki va bergan qimmatli ma’lumotlari uchun universitet tomonidan minnatdorchilik bildirildi hamda tashakkurnomalar taqdim etildi.
Amaliyotchi:Ochildiyeva O'g'iloy