O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Oliy ta’limdan keying ta’lim instituti doktorant, tayanch doktorant va stajyor-tadqiqotchilarning 2025-yil I chorak uchun ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini muhokamadan o’tkazish maqsadida “Doktorantlar uyushmasi” o’z ish faoliyatini olib bormoqda.

Uyushma yig’ilishini universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Yusupov Otabek Yakubovich ochib berib, uyushma nizomi, maqsadi, vazifalari, ish faoliyati va rejasi bilan tanishtirdi. 

An’anaga muvofiq doktorantlar uyushmasining bu galgi yig’ilishlarini o’tkazish uchun uyushma raisi va kotibi a’zolar tomonidan ochiq ovoz berishi yo’li bilan saylandi. Uyushma faoliyatining dastlabki kunini 3-bosqich tayanch doktorantlari o’z ilmiy tadqiqotlari natijalari xususidagi taqdimotlari muhokamasi bilan boshlab berishdi. 

Taqdimotlar savol-javoblar va taklif-mulohazalar bayoni ketma-ketligida tashkil etilgan muhokamalar qizg’in munozaralar, bilim va tajriba almashinuviga boy bo’ldi.

Uyushma faoliyati oldindan belgilangan jadval asosida bir haftalik muddatda davom etadi.

Amaliyotchi:Ochildiyeva O'g'iloy

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube