6-aprel kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov raisligida ishchi guruh yig’ilishi bo’lib o’tdi. 

O‘zbekistan Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 25-martdagi 01-10-70-raqamli chora-tadbirlarda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, nomli davlat stipendiyalari va boshqa tanlovlarni yuqori saviyada va adolatli o’tkazilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan dasturda universitet prorektorlari, bo’lim boshliqlari, fakultet dekanlari va dekan muovinlari ishtirok etdi. 

Mazkur yig’ilishda o’tgan o’quv yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, nomli davlat stipendiyalari tanlovlarini o’tkazishda yo’l qo’yilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil etildi va bunday holatlarni kelgusida takrorlanmasligini oldini olish bo’yicha ishchi guruh takliflari muhokama qilindi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube