1-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori va mas’ullar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Yangi o‘quv yili dasturi bilan tanishish maqsadida tashkil etilgan mazkur yig‘ilishda O‘zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, barcha prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, dekanlar, dekan muovinlari va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi. 

Dastur davomida yangi o‘quv yilida universitet oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalar, kiritilishi kutilayotgan yangiliklar, yangi hamkorliklar, ta’lim tizimidagi imkoniyatlar, universitetda talabalarga yaratilgan sharoit kabi masalalar, shuningdek, oldindagi qabul jarayonlari muhokama qilindi. 

2024-07-08 12-05

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi