O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 20/1-867-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan   nazorat rejasida belgilangan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida  22-noybar kuni  O‘zDJTUda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Braziliyaga ketish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilib, tayyorgarliklar muhokama etildi.

Unda Universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda rahbariyat vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda  Braziliya tomoni bilan tashrif muddatini kelishish, xizmat safariga yuboriladigan delegatsiya tarkibini shakllantirish, xizmat safarini amalga oshirish va belgilangan tadbirlarni tashkil etish, tadbirlar davomida YUNESKO 43-sessiyasining mazmun-mohiyati, O‘zbekiston tashabbuslari to‘g‘risida ma’lumot berish, tadbirlar davomida mamlakatimiz tarixi, buyuk allomalar hamda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha targ‘ibot kampaniyalarini amalga oshirish, xorij tomoniga O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarda ishtirok etish bo‘yicha tavsiyalar berish kabi masalalar muhokama etildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube