Quacquarelli Symonds Xalqaro reyting agentligi tomonidan “QS World University by Subject Rankings 2025” natijalari e’lon qilinib, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ushbu reytingda "Linguistics" yoʻnalishi bo‘yicha dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalari orasidan 251-o‘rinni egallagani haqida xabar bergan edik. 

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga QS Rankings Bosh vitse-prezidenti Ben Sowter tomonidan maxsus ma’lumotnoma yuborildi. 

 Rektor bu yutuq ilm-fan va ta’lim sohasidagi muvaffaqiyatlarimizning boshlanishi ekanini va universitetimizni oldinda bundan-da katta marralar kutayotganini ta’kidladi. 

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube