2023/2024 o‘quv yilida universitet kafedralar tomonidan iqtidorli talabalar uchun turli xildagi 50 ga yaqin ilmiy-ijodiy to‘garaklar tashkil qilindi va hozirda o‘z faoliyatini olib bormoqda. Ushbu to‘garaklarning faoliyati har haftada Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan nazoratga olinadi. Ushbu to‘garaklarda kafedralar professor o‘qituvchilari talabalarni qiziqtirgan yo‘nalishlar bo’yicha va ularning ilmiy faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirmoqda. Bunda talabalar chet tilida nutq madaniyati, eshitish, o‘qish, ilmiy maqolalar hamda ilmiy dissertatsiya, monografiyalar yozishga yo‘naltirilgan ishlarni olib bormoqda.

 

“Ilmiy maqolalar yozishni o‘rgatish” nomli to‘garakda talabalarni ilmiy- tadqiqot ishlariga jalb qilish va ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha “Maqola hamda tezisga qo‘yiladigan talablar” mavzusida talabalarda to‘garak mashg’uloti olib boriladi.

To‘garakda talabalarga:

  •   Tezisga qo’yiladigan talablar;
  •   Ilmiy maqolaga qo’yiladigan talablar;
  •   Ilmiy maqola  tuzilishi vaturlari;
  •  Annotatsiya, kalit so’zlar, asosiy qism, metodlar, xulosa  va foydalaniladigan adabiyotlarni tanlash va ularni tizimlashtirish bo’yicha talabalarga to’liq ma’lumot berildi va talabalar tomonidan berilgan savollar muhokama qilinadi.

 

CLUB DE CONVERSATION (en francais)

Gapirish va o‘z fikrini erkin ifoda etish  ko'nikmasini rivojlantirish maqsadida O‘ZDJTU Roman-German filologiyasi fakulteti talabalari o‘rtasida suhbat klubi tashkil etilgan.

 

O‘zDJTUning barcha talabalar turar joyida xorijiy tillardan C1 darajasiga ega bo‘lgan ko‘ngilli yoshlar yordamida xorijiy tillarni o‘rganish istagidagi talabalar uchun bepul to‘garaklar tashkil etilgan.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube