Ingliz tili integrallashgan kursi №3 kafedrasi
Kafedra mudiri: Omanov Po‘latjon Habitovich
Qabul vaqti: Dushanba -Juma ( 14:00-16:00)
Tel raqam: (99) 696 76 00
E-mail: p.omonov@uzswlu.uz
Ingliz tili integrallashgan kursi-3 kafedrasi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakultetining muhim tarkibiy bo‘linmalaridan biri sifatida 2021-yil 26-avgustdan buyon o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli olib bormoqda. Kafedra qisqa muddat ichida o‘quv, ilmiy va uslubiy sohalarda sezilarli yutuqlarga erishdi.
O‘quv jarayonining sifatli tashkil etish maqsadida kafedrada 2-bosqich talabalari uchun “Nutq ko‘nikmalari integratsiyasi”, “Til aspektlari amaliyoti”, “O‘qish va yozish amaliyoti”, “Chet tillarni o‘qitishning uslub va tamoyillari”, “Sotsiolingvistika”, “Amaliy lingvistika” va “Ingliz tili xalqaro til sifatida” kabi fanlar yuqori darajada o‘qitilib, talabalarda ingliz tilini chuqur bilish hamda uni o‘qitish metodikasiga oid ko‘nikmalar shakllantiriladi. Ushbu fanlar bo‘yicha zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallar ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.
Kafedraning ilmiy yo‘nalishi – “Integratsiyalashgan malaka va ingliz tili metodikasi” bo‘lib, bu sohada jiddiy izlanishlar olib borilmoqda. Hozirda kafedrada 10 nafar mustaqil izlanuvchi faoliyat yuritib, ilmiy tadqiqotlarini muvaffaqiyatli davom ettirmoqdalar. Bundan tashqari, 3 nafar o‘qituvchi tayanch doktoranturaga qabul qilinib, kafedraning ilmiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Keyingi yillarda kafedraning 23 nafar asosiy shtatdagi va 6 nafar o‘rindosh o‘qituvchilari o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etib, kafedraning umumiy muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmoqda.
O‘qituvchilar tomonidan nashr etilgan ilmiy ishlar – ilmiy maqola va tezislar va qo‘llanmalar kafedraning nufuzini oshirishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili integrallashgan kursi-3 kafedrasi “Yosh tadqiqotchilar” qo‘shma loyihasining notiqlik mahorati yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro to‘garak doirasida talabalar uchun mahorat darslari olib borilmoqda. Mazkur tadbirlarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Minsk davlat lingvistik universiteti (Minsk, Belarusiya) talabalari notiqlik mahoratini oshirish bo‘yicha o‘z ma’ruzalarini taqdim etib kelmoqdalar.
Kafedra o‘qituvchilari muntazam ravishda xorijning nufuzli universitetlarida malaka oshirib bormoqdalar. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847- son Farmoni hamda 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti o‘rtasida imzolangan anglashuv memorandumiga asosan professor-o‘qituvchilarga 2024-yil 3-iyundan 6-iyulga qadar 150 soatlik malaka oshirish kursi tashkil etilgan bo‘lib, kafedra o‘qituvchilari Qodiriy Maxzuna va Dilrabo Ahmedjanovalar Angliyaning Porthmous universitetida, Feruzabonu Mannonova, Zarifa Ismoilova va Muhayyo Ziyayevalar Finlandiya malaka oshirganlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 13-dekabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 17-yanvardagi 18-buyrug‘i asosida kafedra tomonidan maktablarda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha tayyorlov kurslari tashkil etilgan. Maktab o‘quvchilari uchun B2 sertifikati darajasida ingliz tilini o‘rgatish va ularga zarur ko‘mak berish maqsad qilib qo‘yilgan.
Fakultetda faoliyat yuritayotgan “Yosh tadqiqotchilar” va “Boosting language skills” nomli xalqaro, ilmiy va ijodiy to‘garaklarning asosiy faoliyat yo‘nalishlari – ilmiy izlanishlar va maqolalar yozish, o’qituvchilar va talabalar o‘rtasida ilmiy konferensiyalar va ma’ruzalar o‘tkazish shuningdek, ilmiy tadqiqotlar asosida yangi g‘oyalar va yondashuvlarni taklif etishga qaratilgan.
Kafedra xalqaro hamkorlari:
- Arizona universiteti (AQSH)
- Minsk davlat lingvistika universiteti (Belarussiya)
- Makassar universiteti (Indoneziya)
- Hacitepa Universiteti (Turkiya)
- Istambul Kultur Universiteti (Turkiya)
Kafedra mustaqil izlanuvchilari:
- Anorkulova Zubayda Fayzullo qizi
- Abduraimova Anora Norbo‘tayevna
- Axmedova Nodira Rustamovna
- Qulmamatova Shaxnoza Azamjonovna
- Zemlyakina Yulianna Iskandarovna
- Xushnazarova Gulnoza Furxatovna
- Mannonova Feruza Sherali qizi
- Sharipova Yoqutxon Qudartullayevna
- Shomuxammadov Xoliddin Abdulvahobzoda
- O‘ljayeva Shaxzodaxon Turdaliyevna
Tayanch doktoranturaga qabul qilingan o‘qituvchilar:
- Hakimova Zamira Hurram qizi
- Shamsiddinov To‘lqin G’ofurjon o‘g’li
- Azimova Muxtasar Jaloliddin o‘g’li
Asosiy shtatda 23 nafar:
Dotsent – 1 nafar
Katta o‘qituvchi – 4 nafar
O‘qituvchi – 14 nafar
Stajyor o‘qituvchi – 4 nafar
Ichki o‘rindoshlar 6 nafar:
Katta o‘qituvchi – 3 nafar
O‘qituvchi – 1 nafar
Stajyor o‘qituvchi – 2 nafar.