Jahon adabiyoti kafedrasi

Kafedra mudiri: Xalliyeva Gulnoz Iskandarovna,

E-mail: gulnoz7410@mail.ru

Ish vaqti: Seshanba-juma (14:00-16:00 gacha)

 

Kafedra tarixi: Jahon adabiyoti kafedrasi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida uzoq yillar davomida faoliyat yuritib kelayotgan kafedralar qatoridan o‘rin olgan. O‘zDJTUning Jahon adabiyoti kafedrasi o‘z faoliyatini 2019-yildan shu universitetda Jahon adabiyoti kafedrasi sifatida boshlagan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda 2019-yil  10-oktyabrdagi 553-sonli buyrug‘iga muvofiq O‘zDJTUning 29-avgustdagi universitet Kengashi yig‘ilishining bayoni asosida universitetning yangi tuzilmasi tasdiqi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishuvi asosida Jahon adabiyoti kafedrasi tashkil etildi va hozirgi kunda o‘z faoliyatini ko‘rsatib kelmoqda. Jahon adabiyoti kafedrasida 2019-yildan filologiya fanlari doktori, professor Gulnoz Iskandarovna Xalliyeva kafedra mudiri vazifasini bajarib kelmoqda. Jahon adabiyoti kafedrasida 20 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi.

Kafedra tarkibi

 1. Xalliyeva Gulnoz Iskandarovna - Professor, filologiya fanlari doktori (DSc)
 2. Sapayeva Feruza Davlatovna - Professor, falsafa doktori (PhD)
 3. Tadjibayev Musojon Sobirovich - Filologiya fanlari doktori (DSc), professor vazifasini bajaruvchi
 4. Kendjayev Avaz Latipovich - PhD, dotsent
 5. Madiyeva Adiba Davudovna - Katta o‘qituvchi (
PhD)
 6. Ollaberganova Dilnoz Qodirberganovna - Katta o‘qituvchi (
PhD)
 7. Qahharova Dilafroz Abdugafforovna - Katta o‘qituvchi (
PhD)
 8. Tkachenko Alla Viktorovna - Katta o‘qituvchi (
PhD)
 9. Rasulmuhamedova Dilfuza Zakirovna - 
Katta o‘qituvchi
 10. Viktoriya Dvoryashina Sergeyevna - Katta o‘qituvchi
 11. Yuldasheva Maftuna Baxtiyor qizi - Stajyor-o‘qituvchi

 

Xalqaro hamkorliklar;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga hamda o‘zbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish va nashr etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  376-son Qarorida o‘zbek va jahon adabiyoti namoyandalarining hamkorligini kuchaytirish, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va madaniy aloqalarni yanada kengaytirish vazifalari belgilangan.

“Jahon adabiyoti” kafedrasi jahonning quyidagi universitetlari bilan memorandum  tuzishda tashabbuskor boʻlib, professor almashinuv doirasida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda:

  1. Selcuk universiteti, Turkiya
  2. Anqara ijtimoiy fanlar universiteti, Turkiya
  3. Eskisheher Osmangazi universiteti, Turkiya
  4. Marmara universiteti,  Turkiya
  5. Koc universiteti, Turkiya
  6. Dokuz Eylul universiteti, Turkiya
  7. Mersin universiteti, Turkiya
  8. Istanbul Kultur Universiteti, Turkiya
  9. Ozarbayjon tillar universiteti, Ozarbayjon
  10. Jahon adabiyoti instituti, Rossiya
  11. Sankt-Peterburg davlatuniversiteti,Rossiya
  12. Lund universiteti. Shvetsiya 

 

 

Kafedra yutuqlari :

Kafedra mudiri professor G.Xalliyeva  2019-2025 yillar davomida Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Fransiya, Turkiya, Rossiya, Germaniya, Ozarbayjon, Qozog‘iston kabi davlatlarning nufuzli universitetlarida o‘tkazilgan xalqaro anjumanlarda  o‘z maʼruzalari bilan qatnashib kelmoqda.  Xalqaro miqyosda   Peter Szondi Institute of Comparative Literature, Freie Universität Berlin, Leibniz-Zentrum für Literatur-und Kulturforschung (ZfL) kabi qiyosiy adabiyotshunoslik markazlari (Germaniya, Berlin), University of Toronto Centre for Comparative Literature (Kanada, Toronto). Yale University  Department of  Comparative Literature (AQSh, Yel universiteti), Eskişehir Osmangazi Üniversitesi Karşılaştırmalı Edebiyat Bölümü (Turkiya, Osmangozi universiteti)  Harvard University Department of Comparative Literature (AQSH), Indiana University Comparative Literature Department, Columbia University Department of English and Comparative Literature(AQSh), University of Washington Department of Comparative Literature (Vashington) kabi nufuzli universitetlardagi komparativistika ilmiy markazlari, kafedralari  bilan akademik hamkorlik o‘rnatilgan. Professor Gulnoz Iskandarovna “Yevropa fondlarida saqlanayotgan, O‘zbekistonda mavjud bo‘lmagan turkiy qo‘lyozmalarning ma’lumotlar bazasini va “Evroturcologica.uz” elektron platformasini yaratish” innovatsion loyihasi a’zosi sifatida 2021-2023-yil davomida Evropaning 13 ta davlatida ilmiy safarda boʻlib, eng ilgʻor gʻoyalarni oʻrganib keldi va kafedra faoliyatiga tatbiq qildi 2024-yilda  “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasi rahbari siaftida Turkiyaning bir qator nufuzli universitetlari bilan xalqaro hamkorlikka erishdi.  Kafedra tashabbusi bilan  Oʻzbekiston Respublikasi tarixida birinchi marta qiyosiy tadqiqotlar chop etiladigan  “Komparativistika” ilmiy jurnali tashkil etildi va 2024-yil aprel oyida onlayn  birinchi soni e’lon qilindi. 2025-yil mart oyida “Komparativistika” ilmiy jurnali OAK ilmiy jurnallari ro‘yxatiga kiritildi.

2024- yilda kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan jamoaviy tayyorlangan “Jahon adabiyoti” darsligi nashr qilindi. Bundan tashqari 2024-yilda kafedra mudiri G. Xalliyevaning ham mualliflar bilan birgalikda tayyorlagan “Navoiyshunoslik” va “Qiyosiy adabiyotshunoslik” nomli darsliklari ham nashrdan chiqdi.

Fanlar ro‘yxati:

1. Adabiyotshunoslik:

  • Bakalavriat yo‘nalishi:
  • 60230200-Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz, nemis, fransuz, italyan);
  • 60230100-Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz, nemis, fransuz, ispan);

2. Jahon adabiyoti:

  • Bakalavriat yo‘nalishi:
  • 5111400-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili);
  • 5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz, nemis, fransuz, ispan)

3. O‘zbek va jahon adabiyoti

  • Bakalavriat yo‘nalishi:
  • 60320200 – Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar
  •  Xalqaro jurnalistika

 

 

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube