Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi

GALIYEVA MARGARITA RAFAELOVNA

Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi: Kafedra mudiri

MAXMUDOVA NARGIZA ALIMOVNA

Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi: Kafedra mudiri

Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi

Kafedra mudiri: Dilnoza Ruzmatova

Qabul vaqtlari: Har kuni 11:00-13:00

E-mail: d.ruzmatova@uzswlu.uz

Kafedra joylashgan bino -  Xalqaro Jurnalistika fakulteti, 317-xona

Kafedraning asosiy maqsadi Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ustuvor vazifalarini ta’minlash doirasida zamon talablariga javob beruvchi va jahon andozalariga mos yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iborat.

Kafedraning asosiy vazifalari quyidagilardan  iborat:

oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofik tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish. Shuningdek, kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, doimiy ravishda yangilab borish;

xalqaro hamkorlik va loyihalar doirasida xorijiy universitetlar bilan tajriba almashish va ingliz tilini o‘qitish ilg‘or texnologiyalar va metodikalarni olib borilayotgan darslarga tatbiq etish;

kafedrada ilm-fanni rivojlantirish va ushbu jarayonga barcha professor-o‘qituvchilarni jalb etish; kafedra professor-o‘qituvchilariga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun shart-sharoit yaratish;

darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash va nashr etiladigan o‘quv-uslubiy adabiyotlarni muhokama qilib borish;

talabalarda ilmiy-nazariy masalalar bo‘yicha mutaxassislik profiliga mos ilmiy bilim, tadqiqotlarda ilmijlik va manbalarga asoslanib fikr yuuritish talablari, lisoniy materialni tahlil etish ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va takomillashtirish, hamda lingvistika va metodika sohasida ilmiy tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirish;

talabalarga nazariy va amaliy fanlarni va chet tilini o‘rgatish fanlararo, integrallashgan, shaxsga yo‘naltirilgan va kommunikativ-kognitiv yoondashuvlar asosida amalga oshirish hamda talabalarning kommunikativ-pragmatik, diskursiv, umummadaniy, ijtimoiy va kasbiy kompetenciyalarini kompleks va har taraflama shakllantirishga yo‘naltirish;

magistrlik dissertasiyalariga, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning tadqiqot ishlariga raxbarlik qilish hamda tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va keyingi bosqichlarga tavsiya etish va kafedraning ilmiy salohiyatini yuksaltirish;

kredit-modul tizimi asosida darslarni samarali tashkil etish, talabalar bilimini kredit-modul tizimi asosida adolatli baholash; talabalarning bilim va ko‘nikmalarini amaliyot bilan bog‘lash uchun shart-sharoit yaratish;

tajribali professor-o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish va ularni dars jarayoniga tatbiq etish.

iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni fan olimpiadalariga, turli tanlovlarga tayyorlash, ilmiy izlanishlar olib borishi va mustaqil ta’lim olishining shakl va uslublarini takomillashtirish;

nodavlat ta’lim muassasalari buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;

kafedra professor-o‘qituvchilarining o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ustoz-shogird ishlar bo‘yicha shaxsiy rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

 

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi:

Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasida rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda olib borilmoqda:

zamonaviy lingvistika yo‘nalishlari, kognitiv lingvistika, kognitiv stilistika, lingvomadaniyatshunoslik, matn lingvistika,lingvopragatika sohalarida ilmiy tadqiqot olib borish;

ingliz adabiyoti, adabiy tanqidchilik, qiyosiy adabiyot bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borish;

ingliz tilinini o‘qitish metodikasi, ingliz tilini o‘qitishda AKT vositalaridan foydalanish sohalarida ilmiy tadqiqot olib borish;

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

Bakalavriat yo‘nalishi:

Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti

        

Magistratura mutaxassisliklari:

Lingvistika (ingliz tili)

Zamonaviy lingvistika

Matn lingvistika

Ilmiy va kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan ingliz tili

Tili o‘rganilayotgan mamlakat zamonaviy adabiyoti

Madaniyatlararo muloqot nazariyasi va amaliyoti

Qiyosiy stilistika

Frazeologiyada zamonaviy yondashuvlar va konsepsiyalar

Adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti)

Zamonaviy Angliya Amerika  adabiyoti

Adabiy oqimlar evolyutsiyasi

Adabiy tanqidchilik tarixi

Badiiy matn stilistikasi

Badiiy tahlil metodlari

Qiyosiy adabiyotshunoslik

Badiiy matn tarjimasi

Badiiy matnning lingvomadaniy aspekti

Jahon adabiyoti muammo va yechimlari

Xorijiy adabiyotni o‘qitish metodikasi

Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili)

Kasbga yo‘naltirilgan ingliz tili

Ingliz tilini o‘qitish qiyosiy metodikasi

O‘quv kurslarini loyihalash va baholash

Chog‘ishtirma lingvistika

Matn va diskurs tahlili

Ilmiy notiqlik va taqdimot mahorati

Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi

Kafedra yutuqlari:

Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasida Tempus, Erasmus+ ва British Council dasturlari doirasida 5 nafar xorijiy loyiha amalga oshirilgan. Ushbu loyihalar doirasida kafedraning 8 nafar o‘qituvchisi va 7 nafar magistranti Buyuk Britaniyaning Aston Universiteti, Germaniyaning Frayburg pedagogika universiteti, Frantsiyaning Kaen universitetlarida ta’lim olgan va tajriba almashgan. Hozirgi vaqtda kafedra o‘qituvchilari British Council dasturi doirasida  «English as a school subject: learning effective practices from low level primary English language teachers» loyihasini amalga oshirib kelmoqda;

Kafedrada professor D.U. Ashurova boshchiligida “Kognitiv Stilistika” bo‘yicha ilmiy maktab faoliyat yuritmoqda. Ushbu maktab doirasida 4 DSc va 14 PhD dissertatsiyalari himoya qilingan.

Kafedra Buyuk Britaniyaning Aston va Sterling Universitetlari, Germaniyaning Frayburg pedagogika universiteti, Frantsiyaning Kaen universiteti, Rossiyaning Voronej davlat universiteti, Yaroslavl davlat universitetlilari bilan hamkorlik o‘rnatgan;

Kafedrada 2016-2024 yillarda 10 ta o‘quv adabiyoti (darslik va o‘quv qo‘llanmalar) va 5 ta monografiya yaratilgan va nashr etilgan;

2019-2024 yil davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2 nafar DSc, 5 nafar PhD dissertatsiyalari himoya qilingan;

Kafedraning 100 % professor-o‘qituvchilari chet tili bilish darajasi bo‘yicha (C1) xalqaro sertifikatlariga ega;

Kafedra dotsenti Ruzmatova D.R. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda qisqa muddatli ilmiy stajirovkalar” dasturi doirasida e’lon qilingan tanlovda ishtirok etib, 3 oylik stajirovka dasturi g‘olibi bo‘lganligi sababli Buyuk Britaniyaning Aston universitetida 2024-yil 2-sentyabridan 2-dekabrga qadar stajirovka o‘tash uchun Buyuk Britaniyaga yuborilgan.

Kafedraning yosh o‘qituvchisi Shapsanova F.M. 2024-yil 1-oktabrdan 1-noyabrgacha Buyuk Britaniyaning Reading universitetida  ilmiy stajirovkada o‘tagan.

Kafedrada “Yosh Olimlar” to‘garagi o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Kafedra mustaqil izlanuvchilari Pulatova D.F., Yartseva S.V. va Tursunova M.V. ilmiy ishlarning kafedra muhokamasidan muvaffaqiyatli o‘tdi va ularning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalari himoyasi kutilmoqda

Kafedra xorijiy ilmiy jurnallarda ilmiy maqola nashr etish va iqtiboslar bo‘yicha O‘zDJTU da yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasidagi mavjud professor-o‘qituvchilar ro‘yxati

Asosiy shtatda faoliyat yurituvchi professor-o‘qituvchilar

T/r

F.I.Sh

Lavozimi, daraja va unvoni

Shtat birligi

Til sertifikati

1

Ruzmatova Dilnoza Ramatjanovna

Kafedra mudiri, PhD, professor

1,50

CEFR C1

2

Djusupov Nursultan Mahanbet uli

Dotsent, DSc, dotsent

1,50

CEFR C1

3

Fayzullayeva Muxayyo Raxmatillo qizi

Dotsent v.b, PhD

1,50

CEFR C1

4

Yarseva Svetlana Vladimirovna

Dotsent v.b, PhD

1,50

CEFR C1

5

Tursunova Muxlisa Voxobovna

Dotsent v.b, PhD

1,50

CEFR C1

6

Axmedova Aziza Komilovna

Dotsent v.b, DSc

1,50

CEFR C1

7

Kadirova Durdona Dilshodovna

Dotsent v.b, PhD

1,50

CEFR C1

8

Nazarova Rayxon Shavkatovna

Katta o‘qituvchi, PhD

1,50

CEFR C1

9

Dinaliyeva Aliya Maratovna

Katta o'qituvchi

1,50

CEFR C1

10

Аbdurahimova Mahfuza Akbarali qizi

O‘qituvchi

1,50

CEFR C1

11

Xamdamova Gulnoza Xotam qizi

St - o‘qituvchi

1,00

 

12

Karimova Sevara Ravshanbekovna

O‘qituvchi

1,00

IELTS C1

13

Usmonova Sarvinoz Muminovna

St - o‘qituvchi

1,00

CEFR C1

14

Yusupova Taxmina Muxamatjonovna

St - o‘qituvchi

1,00

IELTS C1

15

Chulyukina Anna Alekseyevna

St - o‘qituvchi

1,00

CEFR C1

16

Normatov Husan Abdumajitovich

St - o‘qituvchi

1,00

-

Tashqi o‘rindoshlar

1

Galiyeva Margarita Rafaelovna

Professor v.b., DSc, dotsent

0,25

CEFR C1

2

Ashurova Dilyaram Umarovna

Professor, DSc, dotsent

0,25

TEFL C1

3

Samandarova Sojida Furqat qizi

Katta o'qituvchi, PhD

0,50

CEFR C1

4

Shomuratova Dilbar  Abdishukurovna

Katta o'qituvchi, PhD

0,50

CEFR C1

Ichki o‘rindoshlikda faoliyat yurituvchi professor-o‘qituvchilar

1

Maxmudova Nargiza Alimovna

Professor v.b.,PhD, dotsent

0,50

CEFR C1

2

Gulyamova Mavluda Xamitovna

Dotsent, PhD, dotsent

0,50

CEFR C1

3

Shapsanova Feruza Muzaffar qizi

O‘qituvchi

0,50

CEFR C1

4

Yevstegniyeva Emine Sergeyevna

O‘qituvchi

0,50

CEFR C1

5

Matnazarova Karomat Otaboyevna

Dotsent, PhD, dotsent

0,25

 

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube