Sharq filologiyasi fakulteti Xitoy filologiyasi kafedrasi tarixi va faoliyati haqida qisqacha ma’lumot
Kafedra mudiri: Xakimova Shaxnoza Erkinovna
Lavozimi va unvoni: Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori PhD
Qabul vaqtlari: Har kuni 15:00
Tel.: 977069757
E-mail: Sharona84@mail.ru
Kafedra tarixi: O‘zDJTU O‘zbekistonda xitoy tili mutaxassislarini tayyorlashda muhim ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 1990-yildan boshlab xitoy tili o‘qitiladi. Avvaliga O’zDJTUda Rus tili fakultetida xitoy tili mutaxassisligi bo‘yicha guruh ochildi. Keyinchalik, 1991-yildan boshlab “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” hamda “Ingliz filologiyasi” fakultet talabalariga xitoy tili ikkinchi til sifatida o‘rgatila boshladi. Bugungi kunga qadar 300 nafarga yaqin universitet talabalari xitoy tilini ikkinchi til sifatida o‘rganmoqda.
O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilishi munosabati bilan xitoy tilini bo’yicha mutaxassislarga ehtiyoj sezilarli darajada oshdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil may oyida PQ-868-sonli qarori bilan xitoy tili bo‘yicha asosiy yo’nalish sifatida talabalar tayyorlash maqsadida 2010-yil 1-apreldan boshlab Xitoy filologiyasi kafedrasi ochildi. 2014-yilda Xitoy filologiyasi kafedrasi tashkil topdi va bugungi kunda ushbu kafedra Sharq filologiyasi fakul’teti tarkibida faoliyat olib bormoqda.
Kafedra joylashgan bino: Toshkent shahar, Uchtepa tumani Zakovat 4
Kafedra tarkibi: Hozirda kafedrada professor-oʼqituvchilarning umumiy tarkibi 31 nafar boʼlib, shundan 16 nafari asosiy shtatda faoliyat olib boradi. Ulardan 4 nafari pedagogika fanlari doktori (PhD), 5 nafari mustaqil izlanuvchi, 2 nafar tayanch doktorant, 13 nafar horijlik professor o’qituvchilar.
Ilmiy faoliyat: Ilmiy salohiyat asosiy shtatga nisbatan 25% ni tashkil etadi. Аyrim fan nomzodlari ilmiy ishlarini himoya qilganlar va dotsentlik ilmiy unvonini olganlar. Kafedra aʼzolari qisqa vaqt davomida ilmiy unvon olish boʼyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqdalar. Bundan tashqari kafedra professor-o’qituvchilari fanlar bo’yicha darslarga muntazam tayyorgarlik ko’rmoqdalar. Ishchi o’quv dasturlari, o’quv-metodik majmua tuzib, mavjud fan o’quv-metodik majmualarni yangilab bormoqdalar.
Oʼz vaqtida, ilmiy ish bilan muntazam ravishda shugʼullanadigan va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydigan professor-oʼqituvchilardan D. Djurayev, L. Shasaidova, Sh. Xakimova, S. Nosirovalardan nomzodlik dissertatsiya mavzularini olib, mavzular banki yaratilmoqda, hamda belgilangan tartib-qoidaga muvofiq rasmiylashtirib vazirlikka, fan va texnologiyalarni rivojlantirish davlat qoʼmitasiga, OАKga taqdim etilmoqda. Kafedra professor o’qituvchilari turli xalqaro va respublika konferentsiya va jurnallarda ilmiy maqolalar va tezislar bilan ishtirok etmoqda.
Kafedradagi ilmiy loyhalar: Kafedrada yuqori malakali professor-oʼqituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, iqtidorli talabalar hamda ishlab chiqarish korxona va tegishli tashkilotlar vakillari tarkibidan iborat jami 2 ta innovatsion guruhlar shakllantirilib, faoliyati yoʼlga qoʼyilgan.
Mazkur guruhlarda professor-oʼqituvchilar malakasini oshirish va talabalar bir yillik stajirovkasi, ilmiy tadqiqot va uslubiy ishlarni oʼtkazish, bitiruv malakaviy ishlariga, magistrlik dissertatsiyalarga ilmiy rahbarlik qilish, oʼquv-metodik majmuani yozish, oʼquv amaliyoti boʼyicha hamkorlik kabi yoʼnalishlardagi faoliyatlaryoʼlga qoʼyilgan.
Bitiruv malakaviy ishlar mavzusi, magistrlik dissertatsiya mavzulari kafedra ilmiy yoʼnalishiga mos keladi, albatta. Bularning ketma - ketligi, yaʼni bitiruv malakaviy ishini magistrlikda, magistrlik dissertatsiya mavzusi doktorlik dissertatsiyasida aks etishi taʼminlangan.
Soʼnggi 3 yilda professor-oʼqituvchilar tomonidan 6 ta oʼquv qoʼllanma, 2 ta monografiya va risola, 18 ta xorijiy, 20 ta respublika ilmiy jurnallarda hammualliflik asosida ilmiy maqola va tezislar chop etilgan.
Oliy taʼlim muassasasi kafedralarining ilmiy-tadqiqot faoliyati yoʼnalishlaridan kelib chiqib ilmiy-tadqiqot markazlarini tashkil etish yuzasidan kafedrada “Xitoy tili” ilmiy-tadqiqot markazi, “Sinologik lingvodidaktika” ilmiy-tadqiqot markazi mavjud. Ushbu markaz vazifalari:
Til oʼqitish kurslari: xitoy tili oʼquv kursi, HSK ga tayyorlash boʼyicha kurs, xitoy tilida biznes muloqot maxsus kursi
•Tarjima yoʼnalishi: yozma tarjima, ogʼzaki tarjima
• Xitoy tilini oʼqitish boʼyicha zamonaviy metodlarni ishlab chiqish.
• Xitoy tilini oʼqitish boʼyicha zamonaviy oʼquv-qoʼllanmalar yaratish.
• Xitoy tilini oʼqitish boʼyicha master-klasslar tashkillashirish.
• XXR halqaro, xususan HANBAN tashkiloti bilan ta’lim sohasidagi hamkorliklarni yanada kuchaytirish.
• Xitoyning nufuzli universitetlari elektron kutubxona-resurslaridan foydalanish boʼyicha kelishuvga erishish.
Ta'lim faoliyati: Bugungi kunda 60230100 - Filologiya va tillarni oʼqitish (xitoy tili) taʼlim yoʼnalishi boʼyicha 600 nafar talaba, 70230101- Lingvistika mutaxassisligi boʼyicha 23 nafar magistrant tahsil olmoqda, undan tashqari 300 dan ortiq talaba xitoy tilini ikkinchi til sifatida oʼrganmoqda. Xitoy filologiyasi kafedrasining asosiy maqsadi xitoy tili, Xitoy adabiyoti, tarixi, geografiyasi, madaniyati, o’lkashunoslik, tarjima nazariyasi va amaliyoti, va xitoy filologiyasi bo‘yicha chuqur bilimga ega xitoy tili mutaxassislarini tayyorlashdan iborat. Bugungi kunda kafedrada “HSK til bilish darajasiga tayyorgarlik” va “Yosh tadqiqotchi” ilmiy to’garaklari faoliyat olib bormoqda.