1-may kuni Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi katta oʻqituvchilari N.Shukurova va Sh.Shukurova tashabbusi bilan “Ijod zavqi” loyihasi doirasida “Orzumdagi shahar” nomli qoʻl mehnati maketlar koʻrgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada 1-bosqich talabalari o‘z ijodiy ishlari bilan faol ishtirok etdilar. Hakamlar hay’ati — dekan muovini Sh.Zokirov, kafedra mudiri B.Isaqulova, o‘qituvchi M.Isamuxamedova va tyutor Sh.Hamdamovadan iborat tarkibda — maketlarning g‘oya, ijodkorlik, tuzilma, mavzuga muvofiqlik, sifati, ekologik yondashuv va taqdimot bo‘yicha baholadi.
Natijada quyidagi guruhlar g‘olib deb topildi:
Gran-pri — 2413-guruh
1-o‘rin — 2430-guruh
2-o‘rin — 2401-guruh
3-o‘rin — 2404 va 2407-guruhlar
Tadbir talabalarning ijodkorlik va estetik qobiliyatlarini namoyon etish, jamoaviylikni mustahkamlash hamda qo‘l mehnatiga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.
Tadbirda yakunida faol ishtirok etgan guruhlarga tashakkurnomalar topshirildi.